DIQQAT TANLOV!!!

?Toshkent tibbiyot akademiyasida Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi maxsus stipendiya uchun tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda bakalavr yo‘nalishining 1-5-bosqich hamda magistraturasining 1-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
maxsus stipendiya shoira Zulfiyaxonim hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borish;
? adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatish;
?adabiyot va kitobxonlikka doir konferentsiyalarda (tanlovlarda) qatnashish;
nashr etilgan ishlarning (asarlarning) mavjudligi.

?Maxsus stipendiyaga talabgorlar orasidan tanlab olish uchun ta’lim yo‘nalishlari va adabiyot sohasidagi mutahassislardan iborat tanlov komissiyasi tuziladi;

talabgorlar uchun adiblar hayoti va ijodi bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi.

? Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun tanlov komissiyasiga 2022 yilning 24 fevraliga qadar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
– sinov daftarchasidan ko‘chirma (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi);
– fakultet dekani tavsiyanomasi;
– ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud bo‘lsa);
– murabbiyning fikr-mulohazalari;
– shoira hayoti va ijodi hamda faoliyatini (ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va boshka) targ‘iboti bo‘yicha materiallar;
– shoira hayoti va ijodini, faoliyatini tadqiq qilish bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar, o‘tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi);
– o‘z sohasi bo‘yicha xalqaro yoki respublika darajasidagi ko‘rgazma, bannerlar, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi (mavjud bo‘lsa) to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat.
?Barcha hujjatlar ikki nusxada, har bir nusxasi alohida jildga joylangan holda taqdim qilinadi.

?Har bir jild muqovasida taqdim qilayotgan fakultetning nomi, talabgorning ismi va familiyasi, ishning nomi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
✅Maxsus stipendiya talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun 1 sentyabrdan boshlab belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilingan xolda tayinlanadi.
Maxsus stipendiya mikdori Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq belgilanadi.
Talaba o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirganda yoki akademik ta’til olganda maxsus stipendiya to‘lanmaydi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan