“Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o‘rni” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilar hamkorligida buyuk mutafakkir shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o‘rni” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan foto lavhalar.

Hech kimga sir emaski, ilm-ma’rifat, ma’naviyat yo’lini tutgan odam saodatga erishadi, hayotning mohiyatini anglab boradi. Adabiyot esa har bir xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini bog’lovchi ta’sir kuchiga ega muhim vositadir. Unda har bitta millatning madaniyati, urf-odati, dunyoqarashi, ma’naviyati aks etadi. Demak, adabiyot yashasa millat yashaydi, uning sha’ni ulug’lanadi, qadriyatlari qadr topadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasida  9-fevral kuni soat 14:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasi Akademik litseyi  zalida “Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o‘rni” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga bir qator yozuvchi, tajimon va akademiyaning professor-o’qituvchilari va talabalari qatnashishdi. Tadbirni TTA Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor, professor Bobomuradov Turdiqul Akramovich ochib berdi va so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlari haqida juda chiroyli nutq so’zladi. Tadbir davomida O’zbek va xorijiy tillar kafedrasida faoliyat olib stajyor-o’qituvchi, hamkasbimiz Neese Chase Mikel Alisher Navoiyning g’azallaridan ingliz tilida parchalar o’qidi. Mehmonlarimizdan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Umida Abduazimova, O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor G‘afforov Nodirjon Nasriddinovich va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi yozuvchi va tarjimon Rahmon Xojimurodovlar “Alisher Navoiyning g’azallari va tarjimalari” haqida juda chiroyli nutq so’zladilar. G’azallari va asarlaridan parchalar keltirdilar. Tadbir so’ngida O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri dotsent Axmedova Maloxat Ergashevna Alisher Navoiyning asarlari yuzasidan qiziqarli viktorina o’yinini o’tkazdi. Viktorina g’olibasi esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

                                                

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat ma’rifiyat bo’limi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan