«Sog’lom hayot sari» targ’ibot guruhining bugungi tashrifi Toshkent tumani 18- maktabiga bo’ldi

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko’ngilli va iqtidorli talabalaridan iborat maxsus volontyorlar guruhi akademiyaning professor o’qituvchilari yetakchiligida sog’lom turmush itarg’ibotining yangicha usuliga kirishdilar. Bugun ular Toshkent tumanidagi «Ozodlik» MFYda bo’ldilar. Targ’ibotchilar guruhining Toshkent tumani 18- maktabdagi uchrashuvi ayniqsa mazmunli o’tdi. Tibbiyot fanlari doktori, professor Sherzod Zokirho’jaevning mahalla faollari va o’quvchi yoshlar bilan suhbatida sog’lom va to’g’ri ovqatlanish, tibbiy madaniyat ayniqsa jismoniy faollik mavzusi qiziqarli tarzda yoritib berildi. Inson organizmiga kunda tushib turadigan foydali minerallarni faqat tabiiy mahsulotlardan olish mumkinligi borasidagi taqdimot o’quvchi yoshlarning qiziqishiga sabab bo’ldi. Shuningdek, nosog’lom turmush tarziga sabab bo’layotgan zararli odatlar, odamlar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan noto’g’ri ovqatlanish borasida foydali maslahatlar berildi.

 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan