Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʼishlangan adabiy-badiiy kecha.

Z. M. Bobur sheʼriyati va ulugʼ bobokalonimizning ibratli hayot yoʼli yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. Toshkent tibbiyot akademiyasining 8-sonli talabalar turar joyida Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti “Аtrof muhit gigienasi” kafedrasi professor oʼqituvchilari tashabbusi bilan oʼzbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʼishlangan adabiy-badiiy kecha ana shu hayrli maqsadni koʼzladi.Tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning betakror sheʼriyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal maʼlumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Kecha yakunida faol boʼlgan talaba yoshlar taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan