«Sog’lom hayot sari targ’ibot» guruhining bugungi tashrifi Olmazor tumanidagi 28-sonli hamda 185-sonli maktablarda bo’ldi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan aholi orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida o’quv muassasalarida targ’ibot ishlari qizg’in davom etmoqda. Targ’ibot guruhi vakillari aholi jismoniy faolligini oshirishga ko’maklashuvchi tibbiy maslahatlar berish maqsadida Olmazor tumanidagi 28-sonli hamda 185-sonli maktablarda bo’lib, Soglom turmush tarzining asosiy omillaridan biri bo’lgan to’gri ovqatlanish haqida ma’lumot berdilar. Targ’ibot guruhi azolari t.f.n.dotsent L.K.Abdukadirova, t.f.d, dotsent N.O.Axmadalievalar o’quvchi yoshlarga to’g’ri va oqilona ovqatlanish tufayli turli kasalliklarni oldini olish mumkinligi haqida gapirdilar. Notog’ri ovqatlanish esa ko’pgina kasalliklarni keltirib chiqarishiga sabab ekanligini uqtirdilar. Ovqatlanishda kun tartibiga albatta rioya qilishda qanday maxsulotlar istemol qilinishi kerakligi haqida so’raldi. Otkazilgan savol javobda faol ishtirok etgan barcha oquvchilar targ’ibotchilar tomonidan rag’batlantirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan