Har bahorda shu bo‘lar takror, har bahor ham shunday o‘tadi…

Bu o‘tli satrlar muallifi Zulfiyaxonim Isroilova.

O‘zbek sheʼriyatining yorqin namoyondasi millatimiz faxri, sadoqat va vafo kuychisi, tinchlik jarchisi sifatida hamon qalblarimizda yashab kelayotgan benazir ijodkor bahorning ilk kunida tavallud topgan edi.

Tabiat go‘zalliklaridan ilhom olib, hayot sinovlarida toblanib, taqdirning achchiq qismatida sinalgan bir inson hayoti mana bir asrdirki hamon yashab kelayotganining sababi bor…

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy-pedagogik jamoasi tomonidan o‘tkazilgan adabiy tadbirda O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning asrlarga tatigulik ibratli va mazmunli hayot falsafasi haqida so‘z bordi.

Xalqimiz ardog‘idagi ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar va ziyolilar, shoiraning yaqin qarindoshlari, shogirdlari mehmon bo‘lgan serfayz davraga Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalar yoshlar tomonidan maxsus badiiy kompozitsiya o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.

Akademiya rektori, professor Alisher Shodmonovning tabrik so‘zida O‘zbek shoirasi ijodini o‘rganish orqali uning chuqur falsafiy qarashlarini yoshlar tarbiyasiga singdirib borishdagi tashabbusli g‘oyalar aks etdi.

Tadbirda bo‘lajak shifokorlar, Zulfiyaxonim izdoshlarining eng munosiblari akademiya maʼmuriyati tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan