Bayramingiz muborak aziz ayollar!

Shadmanov Alisher Kayumovich

Hurmatli, muhtarama ayollar, professor-o’qituvchilar, Toshkent tibbiyot akademiyasining faxri bo’lmish ziyoli opa- singillar, tibbiyot ravnaqiga munosib hissa qo’shish niyatida ta’lim olib, o’rganayotgan, izlanayotgan talaba qizlarim. Barchangizni yaqinlashib kelayotgan Xalqaro xotin- qiztar kuni bilan chin dildan samimiy tabriklayman. Bahorning ilk bayrami 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni barchangizga muborak bo’lsin!

Ana shu maftunkor va go’zal faslning ilk bayrami esa mo’tabar ayollarimiz bayrami bilan boshlanadi. Qadimdan sharqda ayollarga yuksak ehtirom ko’rsatib kelingan. Ayol – tabiatning betakror mo’jizasi, eng buyuk xilqat deya ta’rifu tavsif berilgan. Aslida ham shunday. Ayol buyuk va mukarram zot. Yurtimizda olib borilayotgan, amalga oshirilayotgan ishlar albatta inson salomatligini muhofazasiga qaratilgani bilan ahamiyatli. Jumladan, Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi “Inson qadri uchun 100 ta maqsadni o‘z ichiga olgan. Shundan 11 tasi bevosita tibbiyot sohasiga daxldor. Strategiyada tibbiyot tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholiga yanada yaqinlashtirish, bir so’z bilan aytganda, xalqimizni rozi qilish bosh mezon etib belgilandi. Taraqqiyot strategiyasida ko’zda tutilgan barcha masalalar “Davlat – inson uchun degan ezgu g’oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan.

Aytish joizki Toshkent tibbiyot akademiyasi itmiy, tashkiliy va boshqa jarayonlarda qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni ayollarning ishtirokisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ularning mehnatdagi, itmiy-ijodiy izlanishdagi va o’quv jarayonidagi fidoyiligini hamisha yuksak qadrlaymiz. Bilimli, zukko, har tomonlama o’rnak olsa arziydigan talaba qizlarimiz safi yil sayin ortib borayotganligi bizni quvontiradi. Biz shunday yoshlarimiz borligi bilan faxrlanamiz.

Kichikkina jussasida olam tashvishini ko’tarib yursada, yuzidan tabassumi arimagan, farzandlari baxtu kamolini har qanday ne’matdan ustun bilgan sadoqat farishtalari bugun milliy tibbiy ta’limni jahon andozalari darajasiga olib chiqayotganligining guvohi bo’lib turibmiz. Hurmatli akademiyamizning faxri bo’lmish professor-o’qituvchilar, talaba- yoshlar, suyukli qizlarim sizlarga mustahkam sog’lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik, osoyishtalik va fayzu baraka tilayman. Ilmiy va ijodiy ishlaringiz, o’qishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar va omadlar yor bo’lsin.

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori  A.K.SHADMANOV

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan