Boʻsh ish oʻrinlariga marhamat

Mehnat yarmarkasi

Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalarni ish bilan taʼminlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlariga marhamat” deb nomlangan maxsus yarmarka tashkil etildi. Yarmarka Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda bo’lib o’tdi. Unda, Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalar, Respublika shifoxonalari, tibbiyotning xususiy sektoridagi shifoxonalari hamda farmatsevtika agentligidan ishtirok etgan 50 dan ortiq tashkilotlar 2000 dan ziyod boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi.

Ushbu  ish oʻrinlari bakalavriat asosida tahsil olayotgan talabalarga kichik va oʻrta tibbiyot xodimlariga moʻljallangan hamda magistratura talabalari va klinik ordinatorlarga shifokorlar ish oʻrinlari tavsiya etildi. Ushbu tadbirda 4000 dan ziyot talabalar qatnashdi.

Mehnat yarmarkasi Mehnat yarmarkasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan