Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalarni ish bilan taʼminlash maqsadida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Mehnat yarmarkasi

Yarmarka 2022-yil 13-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida Olmazor tuman bandlikka ko’maklashish markazi hamda Olmazor tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda bo’lib o’tdi. Unda, 20dan ortiq oilaviy poliklinikalar, tibbiyot muassasalari hamda xususiy klinikalar 100dan ziyod bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi.

Akademiyaga 780 nafar talaba yoshlar ishlashga xohish bildirib murojaat qilgan. Shuningdek, Akademiyada tahsil olayotgan «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan talabalar ham taklif etildi.

Yarmarka so’ngida, 600 tadan ortiq anketa to’ldirilgan bo’lib, 100ga yaqini shu joyning o’zida ishga qabul qilindi. Qolgan anketalar ish beruvchi tashkilotlar tomonidan ko’rib chiqilib, undan sohaviy mutaxassisligi bo’yicha to’g’ri keladiganlari ishga qabul qilinishi aytildi.

Mehnat yarmarkasi Mehnat yarmarkasi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan