E’LON

2021/2022 o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari uchun Sog‘liqni saqlash vaziri va nomli stipendiyalar

hamda turli nominasiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

 

TTA bakalavriat va magistratura bosqichi iqtidorli talabalari quyidagi

Stipendiyalar:

  1. Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi -2ta
  2. Toshkent tibbiyot akademiyasi Rektori stipendiyasi-2 ta
  3. Akademik Vosit Voxidovich Voxidov nomidagi stipendiyasi-11 ta
  4. Akademik Uktam Aripovich Aripov nomidagi stipendiya-11 ta
  5. Akademik Nabi Majidovich Majidov nomidagi stipendiya -11 ta
  6. Akademik Komiljon Ahmadjonovich Zufarov nomidagi stipendiya-11 ta
  7. Akademik Malika Samatovna Abdullaxo‘jaeva nomidagi stipendiya-11 ta
  8. Akademik Turg‘unpo‘lat Obidovich Daminov nomidagi stipendiya-11 ta

 

Nominasiyalar:

 

  1. Erudit (bilmidon) nominatsiyasi-10 ta
  2. Poliglot (ko‘p til biluvchi) nominatsiyasi-10 ta
  3. Biblioman ( kitobxon) nominatsiyasi-5 ta
  4. Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi nominatsiyasi-10 ta
  5. Yosh tadqiqotchi nominatsiyasi–5 ta
  6. Ijodkor stipendiyasining nominatsiyasi-5 ta
  7. Ixtirochi stipendiyasining nominatsiyasi -5 ta
  8. Na’munali sportchi nominatsiyasi -10 ta

 

tanlovida ishtirok etishga taklif qilinadi.

 

Nomzodlar uchun talablar:

 

– a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi;

– ilmiy-tadqiqot ishlarda faol ishtirok etishi;

– zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi;

– o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zarur bilimga ega bo‘lishi;

– ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy va ijodiy ishlarda faol ishtirok etishi;

– davlat tilini mukammal darajada va ikkita chet tillarini (rus va boshqa tillarini) yaxshi bilishi;

– sport tadbirlarida faol ishtirok etishi asosiy mezonlar etib belgilanadi.

 

Talabgorlar tegishli stipediya va nominatsiyalar tanloviga quyidagilarni taqdim qiladilar:

– sinov daftarchasidan dekanat tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma;

– dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;

– Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tavsiyanomasi;

– ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;

– ilmiy ishlar (tezislar, ilmiy maqolalar, monografiya, uslubiy ishlanmalar, tavsiyalar, mualliflik guvoxnomalari, patent va h.k.) ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;

– O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi, Ijtimoiy fanlar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomalar;

– yo‘nalishlar bo‘yicha konferentsiya va/yoki tanlovlarda qantashganligi haqidagi faxriy yorliqlar va diplomlarning dekanat tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

– respublika va/yoki xalqaro loyihalar va dasturlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi dekanat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar (nomi, ishtirok etish darajasi ko‘rsatiladi);

– chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatning dekanat tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

– respublika va/yoki xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlarning dekanat tomonidan tasdiqlangan nusxalar;

– respublika va/yoki xalqaro sport musoboqalarida g‘olib bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlarining dekanat tomonidan tasdiqlangan nusxalari.

 

Barcha hujjatlar ro‘yxat tartibida jildga (papkaga) joylangan holda 2022 yil 27 aprelga qadar tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, maxsus tanlov komissiyasi mas’ul kotibi F.B. Abdumalikovaga taqdim etiladi. Xujjatlar soat 14.00 dan 18.00 gacha Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor xonasida qabul qilinadi.

 

2022 yil 28-29 aprel kunlari talabgorlarni chet tillari, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun TTA test markazida maxsus test sinovlari topshiradilar

 

G‘oliblar Sog‘liqni saqlash vaziri va nomli stipendiyalar hamda turli nominatsiyalar tanlovini o‘tkazish va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida NIZOM talablariga muvofiq maxsus tanlov komissiyasi xulosasiga ko‘ra aniqlanadi. Nizom bilan batafsil https://tma.uz/ saytida tanishingiz mumkin.

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING
BUYRUG‘I   https://tma.uz/wp-content/uploads/2022/04/elonlar.pdf

elonlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan