Toshkent tibbiyot akademiyasining faol talaba-yoshlari «Yoshlar hashari» aksiyasida ishtirok etdi

SH. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil olamni saqlash va koʻpaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Unda, yiliga 200 million tup daraxt koʻchatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda qator idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda 2022-yil 16-aprel kuni Toshkent shahri, Sergeli tuman, “Xonobod” mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yoshlar hashari” aksiyasi oʻtkazildi.

Mazkur aksiyada Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Toshkent tibbiyot akademiyasi boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi, Dermatovenerologiya kafedrasi assistenti J.M.Umarov va akademiyaning faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan