AXBOROT  XATI

 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  SOLIQNI  SAQLASH  VAZIRLIGI  TOSHKENT  TIBBIYOT  AKADEMIYASI  URGANCH FILIALINING

AXBOROT  XATI

“Tibbiyotda miniinvaziv texnologiyalarning muammolari va istiqbollari”  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

Urganch shahri, 2022-yil 2930-sentabr

HURMATLI ANJUMAN QATNASHCHILARI!

TTA Urganch filiali ma’muriyati “Tibbiyotda miniinvaziv texnologiyalarning muammolari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:

  1. Jarrohlikda miniinvaziv texnologiyalar qo‘llanilishining dolzarb muammolari;
  2. Jarrohlikning boshqa sohalarida (otorinlaringologiya, oftalmologiya, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya, urologiya va boshqalar) miniinvaziv texnologiyalar qo‘llanilishining muammolari va istiqbollari;
  3. Onkologik bemorlarning diagnostikasi va davolashda miniinvaziv texnologiyalarning samaradorligi;

4.Akusherlik va ginekologiyada miniinvaziv texnologiyalarning qo‘llanilishi muammolari va istiqbollari;

  1. Tibbiyotning turli masalalari.

Anjuman materiallari tezis ko‘rinishida alohida to‘plam shaklida chop qilinadi. Tezislarni tuzish talablari; Tezislar matni 1 betdan oshmagan, A4 formatda, shrift – TimesNewRoman, shrift o‘lchami – 14, satrlar orasidagi interval 1 sm, sahifa parametri chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm hoshiya qoldirib tayyorlanishi lozim. Birinchi qatorida – ishning nomi (markazdan, bosh harflarda), pastida – mualliflar (markazdan, kichik harflarda, ma’ruzachining ismi va sharifi belgilanishi lozim), so‘ngra pastidan – tashkilot, muassasa, shahar nomi yozilishi kerak (markazdan, kursiv bo‘yicha).So‘ngra bir qator o‘tkazib, tezislar matni keltiriladi. Tezislar   elektron ko‘rinishda yuborilishi zarur. Bundan tashqari anjumanda ma’ruza bilan ishtirok etmoqchiligingizni ma’lum qilishingiz mumkin. Birinchi muallifning  3 tagacha tezisi nashr qilinishi mumkin.Tezislar oxirida albatta manzilingiz, telefoningiz, faks yoki  elektron manzilingiz berilishi lozim.

Tezislar rus, o‘zbek, vaingliztillaridanashretiladi. Elektron shaklda fayl nomiga birinchi muallifning familiyasi beriladi masalan, Axmedova. doc. ko‘rinishida taqdimqilinishilozim.

Keltirilgan ilmiy ishlardagi grammatik va stilistik xatoliklar, shuningdek, ish mazmuni uchun shaxsan mualliflar mas’ul hisoblanadi.

Tezislarni qabul qilish muddati – 2022 yil 31-avgustgacha

Manzil : 220100 Xorazm viloyati Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 28-uy,

TTA Urganch filiali, anjuman tashkiliy qo‘mitasi:

Avezov Muhiddin Ikromovich 

Elekton pochta manzili: intconfurgench2022@mail.ru

Ma’lumot uchun telefonlar: +998935130309

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan