JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” TADBIRI VA KINOFILM NAMOYISHI O‘TKAZILDI. Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni yuksak salohiyatli, yetuk va barkamol inson etib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalardan himoya qilish maqsadida 2022-yil 17-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy –ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Nigora Yusupova hamda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirovlar tomonidan yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirib borish, ularni kitob o‘qishga qiziqishi oshirish, sport, san’at, madaniyatga oshno qilish ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda, o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirishda, buyuk tariximizni, urf-odatlarimizni yoshlar qalbiga doimiy singdirib borishda shuningdek salbiy tahdidlarning oldini olishda eng muhim omil bo‘lib hizmat qilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida taniqli kinorejissyor Zilola Jo‘raeva tomonidan suratga olingan “Avf” badiiy filmi namoyish etildi. O‘tkazilgan tadbir va badiiy film talabalar –yoshlarda katta ta’ssurot qoldirdi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan