Xalqaro hamkorlikni kengaytirish doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Polshaning «Adamed Pharma S.A.» kompaniyasi o‘rtasida Ta’lim granti to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Tomonlar imzolagan hujjatda akademiyaning iqtidorli talabalariga ularning ilmiy qobiliyatlari va ilmiy intilishlarini rivojlantirishda rag‘batlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus stipendiya taqdim etish ko‘zda tutilgan.
«Adamed Pharma S.A.» innovatsion farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyasi bo’lib, Yevropa ishlab chiqaruvchilar bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi.
Yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik Toshkent tibbiyot akademiyasiga bemorlarni davolashning yangi samarali va xavfsiz usullarini birgalikda yaratishga qaratilgan ilg‘or ilmiy loyiha va dasturlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Grant dasturi samarali ikki tomonlama hamkorlik yoʻlidagi birinchi qadamdir.