Vatanga qasamyod – sadoqatning cheksiz dil izhori.

Vatanga qasamyod

Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy kafedrasi bitiruvchi kursantlarining tantanali Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi Ushbu tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatanga xizmat oliy burch ekanligini, ona yurtning har bir qarich tuprog‘ini asrab-avaylash lozimligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Shundan so‘ng safda turgan yigit va qizlar birin-ketin Vatanga qasamyod qilishni boshlashdi. Vatanga qasamyod – bu shunchaki aytilgan so‘zlar emas. U yurtga mehr-muhabbat, sadoqatning cheksiz dil izhori. Vatanga qasamyod tantanasida ishtirok etgan inson borki, bugun yurtimizda Vatanga xizmat qilishni sharaf deb biluvchi ana shunday qalbi qaynoq, fidoyi va vatanparvar avlodlar voyaga yetayotganidan behad shod bo‘lgani, shubhasiz. Ayniqsa, bu tantanalar kelajak sari tashlagan qadami muvaffaqiyatli bo‘lgan o‘g‘lonlar qalbini faxr va iftixorga to‘ldirdi.

Kursantlarga omad-zafarlar tilab qolamiz!

Vatanga qasamyod Vatanga qasamyod

Vatanga qasamyod Vatanga qasamyod

Vatanga qasamyod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan