YUNESCO/A1 Fozan mukofoti

YUNESCO/A1 Fozan mukofoti

YUNESCO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining joriy yil 6-iyuldagi 130/22-sonli xatiga muvofiq quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ilm-fan texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni qo’llab-quvvatlash uchun joriy etilgan Saudiya Arabistoni va YUNESCO tashkilotining birinchi YUNESCO/Al Fozan mukofoti uchun tanlov e’lon qilingan.

Ushbu xalqaro mukofot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinib, besh mintaqadan tanlab olingan 5 nafar olim va olimalarga taqdim etiladi.

Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Mazkur mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hay’at tavsiyasi asosida YUNESCO bosh direktori tomonidan tanlab olinadi. OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN YUNESCO/AI Fozan mukofoti bilan bog’liq bo’lgan batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin:

https://www.unesco.org/en/prizes/al-fozan

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyida keltirilgan havola orqali ro’yxatdan o’tishlari hamda ariza varaqalarini ingliz yoki fransuz tillarida to’ldirishlari kerak:

https://apply.unescoalfozanprize.org/login

Hujjat topshirish muddati: 2022-yil 15-noyabr. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo’yiladigan talablar YUNESCO xatida keltirilgan (ilova qilinmoqda). Shuningdek, olima ayollar nomzodlari tavsiya etilishi YUNESCO tomonidan qo’llab-quvvatlanishi ma’lum qilgan.

YUNESCO/A1 Fozan mukofoti

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan