Mustaqil izlanuvchilikka online hujjatlar topshirish boshlandi!

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA ONLINE HUJJATLAR TOPSHIRISH BOSHLANDI

​Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakllaridan biri – mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq, 2022 yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15 iyulidan 15 avgustiga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tug‘iladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.

Translate: Рус

12 Replies to “Mustaqil izlanuvchilikka online hujjatlar topshirish boshlandi!”

  1. Men Abdullayev Jorabek Yorqin oğli 2007 02 06yilda tuğulganman Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Niyozbosh qishloğida Madaniyat maxallasi Hamkor kochasi 29 uyda yashayman

Рамзga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan