Toshkent tibiyot akademiyasi talabalari diqqatiga!

Soxta sertifikatlardan ehtiyot bo‘ling!

Soxta sertifikatlardan ehtiyot bo‘ling!

Hozirgi kunda chet-tillarini o‘rganish uchun juda katta sharoit yaratildi. O‘quv kurslari, o‘quv markazlarining rang-barangligi va qisqa muddatlarda sifatli ta`lim asosida sertifikat olishga yoshlarni undashi, albatta yaxshi! Hozirgi Globallashuv paytida til bilish eng unumli muvaffaqiyat kalitidir. 2022-2023-yildan Oliy ta`lim muassasalarida chet-tilini bilish sertifikati bor abituriyent va talabalar (magistraturaga hujjat topshirgan)ga o‘qishga kirish uchun qator imtiyozlar berilgan. Ammo bilim olish o‘rniga sohta sertifikatlar orqali noqonuniy yo‘l bilan oliy ta`lim muassasasiga kirmoqchi bo‘lganlar ham yo‘q emas. Kuni kecha Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vaziri  A. Toshqulov boshchiligida bo‘lib o‘tgan  2022/2023- o‘quv yili uchun qabulni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma`lum qildi. A. Toshqulov hozirda o‘tkazilishi rejalashtirilgan kasbiy(ijodiy) imtihonlarni shafofligini ta`minlashga e`tibor qaratib, magistraturaga qabulni tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi. Bunda magistratura bosqichiga 4332 ta arizaning 1282 tasi talab darajasida emasligi, ayrim sohta sertifikatlar ham yuklanyotganligi aytildi. Ma`sullarga qat`iy nazoratga olish yuzasidan topshiriqlar berildi. Hurmatli talabalar va abituriyentlar hujjat topshirishda sohta va asoslanmagan sertifikatlarni topshirish belgilangan tartibga ziddir. Eng bilimli va serg‘ayrat, o‘z bilimiga ishonganlar uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi eshiklari doimo ochiq!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.