XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA

Bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi xorijiy davlatlardagi hamkorlari bilan 66 ta shartnoma ega bo’lsa, shundan 9 tasi Janubiy Koreyadagi tashkilotlar bilan imzolangan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining bir gurux professor -o‘qituvchilari va “Atrof muhit va inson salomatligi” magistratura yo‘nalishi talabalari Janubiy Koreyaning Koryo Universiteti tibbiyot kollejiga navbatdagi tashrifni amalga oshirishdi.

Tashrifning birinchi kunida TTA professor-o‘qituvchilari va talabalari Koryo Universiteti Tibbiyot kollejining dekani Young WooK Yoon, KU professorlari Jae Wook Choi, Lim Choon Hak, Kyonghee Kim lar bilan uchrashishdi.Uchrashuv davomida TTA va KU hamkorlik doirasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi va kelgusidagi ishlar rejalashtirildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.