Startap gʻoyalarini ro’yobga chiqarish uchun keltirilgan soʻrovnoma

Startap gʻoyalarini ro'yobga chiqarish uchun keltirilgan soʻrovnoma

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi «2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi»  PQ-307-son Qarori 1-ilovasining 12-bandida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning aholining keng qatlamlarida, shu jumladan ayollar va yoshlar oʻrtasida ilmiy va startap gʻoyalarini roʻyobga chiqarish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion faoliyatga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish belgilangan.


Mazkur topshiriqning 12.1-bandi ijrosi yuzasidan oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan aholining keng qatlamlarining ilmiy va startap gʻoyalarini ro’yobga chiqarishga boʻlgan ehtiyojlari yoʻnalishini oʻrganish boʻyicha ayollar va yoshlar oʻrtasida ilovada keltirilgan soʻrovnoma savollariga oliy taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilari, talabalari va tadqiqotchilari hamda tasarrufingizdagi ilmiy tashkilotlarning xodimlari tomonidan
2022-yil 11-avgust kuniga qadar javob berilishini taʼminlashingiz soʻraladi.


Soʻrovnomaning elektron manzili:
https://forms.gle/y7wX6GY1qVE2LuJ38

Startap gʻoyalarini ro’yobga chiqarish uchun keltirilgan soʻrovnoma

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan