Ilm innovatsiya va taraqqiyot

Ilm innovatsiya va taraqqiyot’

Toshkent tibbiyot akademiyasida yoshlar o‘rtasida texnika va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish va ularni rag‘batlantirish uchun “Ilm innovatsiya va taraqqiyot’’ videoroliklar ko‘rik-tanlovni o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dastrurini tasdiqlash to‘g‘risida’’ 2022-yil 7-iyundagi 310-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mazkur qarorning 22-bandida belgilangan Yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab –quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Ilm innovatsiya va taraqqiyot ’’ Respublika videoroliklar ko‘rik tanlovini tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ,  Yoshlar ishlar agentligi: yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish uchun yoshlar o‘rtasida “Ilm innovatsion va taraqqiyot ’’videoroliklarni o‘tkazishilishini ma’lum qiladi.  Ilm va innovatsion faoliyat bilan shug’ullanayotgan ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qat’iy nazar ,16 yoshga to‘lgan va 30yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishlari mumkin! ko‘rik-tanlov g’oliblarini 2022-yil yakuniga qadar munosib taqdirlash ko’zda tutilgan. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg’armasi 3-ilovaga muvofiq belgilangan xarajatlarni Jamg‘armaning 2022-yil uchun tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetasining 5-bandida (Yoshlar akademiyasi faoliyati bilan bog’liq vazifalarni ro‘yobga chiqarish xarajatlari)ko‘zda tutilgan mablag’lar doirasida Innovatsion rivojlantirish vazirligining tegishli hisob raqamiga moliyalashtirishni ta’minlanadi.

Batafsil:https://drive.google.com/file/d/1p8mlnNpLG1Fk2652XnxnGc2KVLJO6tn9/view?usp=sharing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan