Samarqand ulkan siyosiy voqealar guvohi bo‘lmoqda.

ShHT

Ayni  kunlarda ko‘hna va navqiron Samarqand shahri o‘zgacha chiroy ochgan. Shahar Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarining navbatdagi sammitiga mezbonlik qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Bugundan oliy darajadagi tashriflar boshlandi. 15-16 sentyabr kunlari Shavkat Mirziyoev raisligida Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi 22-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Tarixan shakllangan tushunchalarga ko‘ra, Samarqanddan turib qaralganda, dunyo tarqoq emas, balki yaxlit va bo‘linmas ko‘rinadi. “Samarqand ruhi” degan noyob fenomenni mazmuni ham asli shunda mujassam bo‘lib, u xalqaro hamkorlikning, jumladan, Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasidagi sheriklikning prinsipial jihatdan yangi formatini shakllantirish borasida mustahkam poydevor   bo‘lishi mumkin. Aslini, olganda “Samarqand ruhi” bundan 20 yil avval mamlakatimizning davr talablariga mos, yangi tashkilot yaratililishiga turtki bergan “ Shanxay ruhi”ni uyg‘un ravishda to‘ldirib boradi. Shu sababdan Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti hayotining yangi bosqichi boshlanishiga guvoh bo‘lamiz – Tashkilotning tarkibi kengayib, uning kelajak kun tartib shakllanadi va bunda ramziy ma’no mujassam deb ta’kidladi  Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev.

ShHT

Shanhay hamkorlik tashkiloti dunyodagi eng katta mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. 1996 yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Shanhay beshligini tashkil etishgan. 2001 yilga kelib, ularning safiga O‘zbekiston ham qo‘shilishi munosabati bilan yangi xalqaro tuzilma – Shanhay hamkorlik tashkilotiga asos solingan. 2017 yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston ham a’zo bo‘ldi. Hozirda Eron, Belarus va Mo‘g‘uliston bu tashkilotda kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi. Ular orasidan Eron ShHTning navbatdagi a’zosi bo‘lishga yaqin. Samarqand sammitida, a’zolik maqomini olish uchun rasmiy Tehronga qo‘yiladigan majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandum imzolanadi.

Yig‘ilishga barcha a’zo va kuzatuvchi davlatlar yetakchilari bilan birga, Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston va Turkmaniston prezidentlari ham keladi. Bir paytning o‘zida 15 ta davlat rahbarining jam bo‘lishi Samarqand shahri tarixida hali kuzatilmagan.

ShHT

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari har yili yig‘ilish o‘tkazishadi. Lekin 2020-va 2021-yillardagi yig‘ilishlar pandemiya sababli onlayn o‘tkazilgan edi. 15-16-sentyabr kunlari prezidentlar Samarqand sammitida uch yil deganda ilk marta yuzma-yuz ko‘rishdilar va unda 30dan ortiq hujjat imzolanadi. Yakunda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi. Shuning bilan tashkilot raisi maqomi O‘zbekistondan ilk marta Hindistonga o‘tadi.

 

Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

Turdiqul Akramovich Bobomuratov                              

 

 

 

 

 

 

 

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan