Dunyo ezgulik bilan go‘zaldir!

Bolalarga tabassum

Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti Murod Mirzaxidovich Jafarov boshchiligida yurtimiz bolalariga quvonch bag‘ishlash maqsadida tashkil etilgan «Bolalarga tabassum» xayriya aksiyaning navbatdagi tadbiri 2022 yil 7-11 sentabr kunlari O‘zbekiston lab va tanglay jamiyatining yuqori malakali mutaxassislari bilan birgalikda Xorazm viloyatida o‘tkazildi.

Ushbu aksiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston lab va tanglay yorig‘i jamiyati hamkorligida mamlakatmizning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand, kam ta’minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga lab va tanglay kemtigi nuqsonlari bo‘yicha eng so‘ngi yuqori texnologiyalar yordamida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Aksiya doirasida 60 nafar bolaga bepul tashrihlar o‘tkazilib, ularda Toshkent tibbiyot akademiyasi otorinolaringologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan magistratura talabalari assistentlik qilishdi.

Ezgulik va fidoiylik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni o‘zlarida mujassam etgan yuqori malakali mutaxassislar tadbir yakunida plastik jarrohlik bo‘yicha hamda aksiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Akademiyaning Urgench filiali talabalariga mahorat darslarini tashkil qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Bolalarga tabassum» xayriya aksiyaning ilk tadbiri joriy yilning mart oyida Qoraqolpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan