Samarqand qadimdan dunyo sivilizatsiyalari beshigi bo‘lgan. Bugungi kunda Samarqand yana bir yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shunday ta’kidlaydi: “Bu tadbir O‘zbekiston raisligida tarixiy Samarqandda o‘tayotgani biz uchun katta faxrdir. Umid qilamanki, kecha Samarqand ruhi va xalqimizning ko‘p yillik tarixiy madaniyati bilan tanishdingiz”.
Dunyo davlatlari e’tiborida turgan mazkur Samarqand sammitining asosiy mazmunini – ShHT a’zo davlatlar sonini yanada kengaytirish, geosiyosat, transport, energetika, suv resurslariga daxldor masalalarni hal etishda hamkorlikni kuchaytirish, bu borada bitimlar tuzishni qamrab oladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining asosiy 4 ta yo‘nalishi – avtomobilsozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. “Xitoy -Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini boshlash uchun uch tomonlama hujjat imzolandi. Undan tashqari, Pokiston bilan muzokaralar mazmuniga ko‘ra Transafg‘on temir yo‘lini qurilishini tezlashtirish ta’kidlandi. Albatta, bu sa’y-harakatlar nafaqat O‘zbekistonga, balki boshqa davlatlarga ham katta imkoniyatlarni ochadi.
Darhaqiqat, global muammolar yechimi sifatida – konstruktiv muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlikni ko‘rish mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, ShHT Samarqand sammiti doirasida juda ko‘plab bitimlar va kelishuvlar kutilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Sammitimiz, shubhasiz, tarixiy voqyeadir…ShHT mamlakatlarning kelajagini belgilab beruvchi qo‘shma qarorlar qabul qilish imkoniyatidir”. ShHT Samarqand sammiti bitimlari dunyo davlatlari taraqqiyotidagi muhim dasturamal bo‘lishi shubhasiz.
Nilufar Niyozova
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, f.f.n.