Dastlab, Sh.Karadeniz va akademiya rektori A.Shadmanov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida ikki davlat munosabatlarining ustuvor jihatlariga eʼtibor qaratildi. Shundan so’ng, mehmonlar akademiyada amalga oshirilayotgan yangilanishlar bilan tanishdi.
Delegatsiya vakillariga taʼlim dargohining tarixi va rivojlanish davrlari, soʻnggi yillarda bilim maskani hayotida roʻy bergan ulkan oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Sh.Karadeniz samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, yurtimizdagi oʻzgarishlar va yangilanishlarni yuksak baholab, ulkan islohotlar oʻzining ijobiy samarasini berayotganini taʼkidladi.