2022-yil 22-sentabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga Baxcheshehir universiteti rektori Sh.Karadeniz boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Baxcheshehir universiteti

Dastlab, Sh.Karadeniz va akademiya rektori A.Shadmanov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida ikki davlat munosabatlarining ustuvor jihatlariga eʼtibor qaratildi. Shundan so’ng, mehmonlar akademiyada amalga oshirilayotgan yangilanishlar bilan tanishdi.

Baxcheshehir universiteti Baxcheshehir universiteti

Delegatsiya vakillariga taʼlim dargohining tarixi va rivojlanish davrlari, soʻnggi yillarda bilim maskani hayotida roʻy bergan ulkan oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Sh.Karadeniz samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, yurtimizdagi oʻzgarishlar va yangilanishlarni yuksak baholab, ulkan islohotlar oʻzining ijobiy samarasini berayotganini taʼkidladi.

Baxcheshehir universiteti Baxcheshehir universiteti

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan