Ish izlayotgan talabalar diqqatiga!

Mehnat yarmarkasi

 O‘qishdan bo‘sh vaqtlaringizda foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lib, malaka oshirish hamda yaxshi daromad istagingiz bormi? Bitiruvchi kurs sifatida ish faoliyatingizni qayerda boshlash haqida o’ylab yuribsizmi?  Unda sizni Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan «Bo‘sh ish o‘rinlari» yarmarkasi taklif qilamiz.  Yarmarka 2022-yilning 29-sentabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar Talabalar shaharchasidagi Beruniy xiyobonida bo’lib o’tadi. Barcha talaba-yoshlarni, ayniqsa, bitiruvchi kurs talabalari va magistrlarni ushbu yarmarkaga taklif qilamiz. Siz o’zingizga munosib ish o’rnini topishingizga ishonamiz. Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Manzilni lokatsiyasini ko’rish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan