Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarining to‘liq stavkada ishlashiga ruxsat berildi

Hukumat qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida:

barcha tibbiyot va OTMlarning «Davolash ishi», “Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

«Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

SSV shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

One Reply to “Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin”

Shohruh Urazboevga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan