JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

19.10.2022 – yil kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Olmazor tuman hokimligi bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Akademiya o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuxrat Abdujalilovich Boymurodov ochib berib, talaba yoshlarga bugungi kunda g‘oyaviy imunitetni kuchaytirish, ta’lim va tarbiyaga to‘g‘ri yondashish kerakligini ta’kidlab, Yangi O‘zbekistonning poydevorini quradigan insonlar sifatida jamiyatda yashash kerakligini tushuntirib, so‘zni Xalqaro Islom akademiyasi doktoranti Meliqo‘ziyev Jahongir Valijonovichga berdi. J.V.Meliqo‘ziyev yoshlarga bugungi kundagi turli notog‘ri g‘oyalar, xususan diniy ekstrimizm, aqidaparastlik va ijtimoiy tarmoqlardan notog‘ri foydalanish haqida gapirib, yoshlarning aldanib qolmasligi, sog‘lom fikr bilan yashash, ilm olishda yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslikni ta’kidladilar. Tadbirda talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularning yod g‘oyalarga nisbatan o‘z fikrlarini bildirdilar. Savol-javob tariqasida o‘tgan tadbir so‘ngida talabalarga hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan