Toshkent tibbiyot akademiyasi va Vengriyaning nufuzli “Semmelweis University” hamkorligining yangi bosqichi

Semmelweis University

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining Birinchi Sammiti doirasida O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida sog‘liqni saqlash va oliy tibbiy ta’lim sohalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Vengriyaning “Semmelweis University” bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Akademiya va Vengriya universiteti prorektori Atilla Szabo o‘rtasida ushbu “Yo‘l xaritasi”da talabalarning akademik mobilligi, professor-o‘qituvchilar hamda yosh rezidentlarning malaka oshirishi, qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish hamda ilmiy faoliyat bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Kelishuvga ko‘ra 2023-yilning yanvar oyida 10 nafar mutaxassislar Vengriyaning “Semmelweis University”da bir oylik malaka oshirishadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi va Vengriyaning nufuzli “Semmelweis University” hamkorligining yangi bosqichi Toshkent tibbiyot akademiyasi va Vengriyaning nufuzli “Semmelweis University” hamkorligining yangi bosqichi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan