Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakultetining Oliy hamshiralik ishi yo’nalishining bitiruvchi talabalaridan 23 nafari bo’sh vaqtlarida bandligini ta’minlash maqsadida Shayhontohur tumanidagi 45-Oilaviy poliklinikada patronaj hamshirasi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Tibbiyot xodimlari kuni bayram munosabati bilan poliklinikada tadbir tashkil etildi. Tadbirda 45-Oilaviy poliklinika ma’muriyati, poliklinika xodimlari, hududdagi «O’zbekiston», «Huvaydo», «Bo’ston», «Zafarobod» MFY raislari, TTA xodimlari va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda talabalar tomonidan «Kelinlar qo’zg’oloni» teatr spektalidan sahna ko’rinishi, kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Fakultet tyutorlari L.T.Davilova, F.Z.Nurimova tomonidan talabalarning ish faoliyati ham o’rganildi. Bayramingiz muborak aziz va qadrli tibbiyot xodimlari, salomatlik posponlari!