E’lon! Stipendiya to’lovlari bo’yicha xabar!

Toshkent tibbiyot akademiyasida o’rnatilgan HEMIS oliy ta’lim jarayonini boshqarish tizimi (https://hemis.tma.uz) hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining UzASBO (https://main.uzasbo.uz) axborot tizimlarining bir-biriga ulanishi va integratsiya qilinishi va barcha talabalarning stipendiyalarini HEMIS va UzASBO tizimiga orqali tayinlanishi amaliyoti tatbiq etildi.

Shu munosabat bilan, HEMIS tizimini tibbiy oliy ta’limning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda moslashtirish, klinik ordinaturani joriy etish, yanada takomillashtirishda texnik ishlari olib borilayotganligi sababli talabalarga stipendiya tayinlashda kechikishlar kuzatildi.

Hozirda ushbu kamchiliklarni bartaraf etilib barcha bosqich talabalari uchun stipendiyalari to’lovi amalga oshirildi. Naqd ko’rinishidagi stipendiyalarni Toshkent tibbiyot akademiyasining kassasidan kun davomida olishingiz mumkin.

TTA ma’muriyati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan