«Jaholatga qarshi ma’rifat shiori ostida» va «Din boshqa, dindor boshqa» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Din boshqa, dindor boshqa"

Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika, stomatologiya, pediatriya va xalq tabobabi fakulteti talabalari va Toshkent shahri Olmazor tumani din ishlari bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda «Jaholatga qarshi ma’rifat shiori ostida» «Din boshqa, dindor boshqa» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan Toshkent shahri Olmazor tumani Din ishlari mas’ul xodimi Abdug‘affor Asadullayevich Qayumov yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli xil yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berdi. Bulardan tashqari notiq o‘z taqdimotida «Din boshqa, dindor boshqa» mavzusida hayotiy ma’lumotlar asosida qidiruvdagi shaxslar va ular tomonidan amalga oshirilgan xunrezliklar haqida, Suriya va Erondagi urushlar haqida ta’sirli taqdimotlarni yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdi.

Din boshqa, dindor boshqa

Din boshqa, dindor boshqa Din boshqa, dindor boshqa

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan