Toshkent tibbiyot akademiyasida 2022-yil 22-noyabr kuni Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar aholini bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “KARYERA KUNI” doirasida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Unda, 62 ta tibbiyot birlashmalari, xususiy klinikalar shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari o‘zining 350 dan ziyod vakant o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada Toshkent tibbiyot akademiyasining 550 nafar ishlash istagida bo‘lgan talabalari ishtirok etdi. Yarmarka davomida 97 nafar talabalar katta, o‘rta va kichik tibbiy xodim hamda patronaj hamshirasi lavozimlariga ishga joylashish uchun kelishuvdan o’tdi. Ma’lumot o‘rnida: Toshkent tibbiyot akademiyasida “Mehnat yarmarka”lari Prezidentimiz rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni “Talabalar bandligini ta’minlash va ijtimoiy sharoitini yaxshilash” yuzasidan muntazam o‘tkazilmoqda.