«Quvnoqlar va zukkolar» koʻrik-tanlovi yarim final bosqichi

QVZ

28-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Adrenalin jamoasi AKFA kompaniyasi homiyligi ostida O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan QVZ ko‘rik-tanlovi OLIY LIGAsi 2022-yilgi mavsum «Quvnoqlar va zukkolar» koʻrik-tanlovi yarim final bosqichida ishtirok etdi. «Turkiston» san’at saroyida bo‘lib o‘tgan mazkur tanlovda:

  • TTA Termiz filiali «Med stars» jamoasi;
  • Jamoat xavfsizligi universitetining «Yosh gvardiyachi»;
  • «Uz-Kor Gas chemical» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasining «Ustyurt yulduzlari»;
  • Andijon mashinasozlik institutining «Beklar» jamoalari ishtirok etdi.

Adrenalin jamoasi 2-o‘rinni egallab, final bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan