2022 yilning 28 oktabr kuni Marat Ospanov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universitetining 65 yilligiga bag‘ishlangan «Gigiyena va sog‘liqni saqlash» mavzusidagi xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. «Gigiyena» yo‘nalishida tashkil etilgan olimpiadada Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston tibbiyot universitetlaridan talabalar ishtirok etishdi. Toshkent tibbiyot akademiyasining «Amyoba» komandasi faxrli 2 o‘rinni egalladi. 1-son davolash fakulteti 3 kurs talabalari(Kamilov Jasurbek Dilshodovich, Obidova Diyoraxon Umidjon qizi, Karimbayeva Sayera Aldiyor qizi)ni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz.