Toshkent tibbiyot akademiyasining xalqaro hamkorligi kengaymoqda

xalqaro xamkorlika

  Toshkent tibbiyot akademiyasiga 2022-yil 29-noyabr kuni Hindistonning Academy of higher education and research akademiyasining o’quv ishlari bo’yicha prorektor va dekani tashrif buyurdi. Suhbatda, JSS Akademiyasi va TTA o’rtasida tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohasini yanada rivojlantirish bo’yicha yo’l xaritasi ishlab chiqish mavzusi ko’tarildi. Bundan tashqari, JSS Akademiyasi professor xodimlarini Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari bilan birgalikda ilmiy ishlarni olib borishi, hamkorlikda maqolalar nashr etishiga shuningdek, taqrizchi sifatida ishtirok etishi kelishildi. Shu bilan birga, talabalar mobillik almashinuvi, o’qituvchilarning malaka oshirishi hamda  TTA va JSS Akademiyasi birgalikda xalqaro olimpiada, konferensiyalar va seminarlar o’tkazishga kelishib olindi.

xalqaro hamkorlik xalqaro hamkorlik

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan