Shayx Abu Musoning doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan shogirdiga tavsiyalari

Shogirdga tavsiyalar

Doktorlik ishidanda muhimroq narsa.
Shayx Abu Musoning doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan shogirdiga tavsiyalari:
«Doktorlik ishi himoyasi bilan tabriklayman. Alloh taolodan uni senga muborak qilishini va barcha yaxshiliklarga muvaffaq etishini duo qilaman. Shu bilan birga senga barchasidan ham muhim narsani aytib o‘taman. Shuni ham aytmoqchimanki sen menga azizsan. Ayni damda sen ilm talab etishni boshida turibsan. Doktorlik ishi bu bosqichning yakuni emas. Hozir sen erkinsan. Bungacha sen mushrif, ilmiy rahbaringni ko‘rsatmasiga ko‘ra yozgansan, izlangansan. Endi bo‘lsa aqling, fikring va tavajjuhing ishrofi – ko‘rsatmasiga ko‘ra yozishing mumkin.
Senga bu so‘zlarni aytayotgan insonning yoshi sakson beshda bo‘lib, yozayotib uxlab qoladi. Qalamingni qo‘lingda tutgan kuyi ilm yozar ekansan, toki ajaling yetib, uni qo‘lingdan tushirmaguncha aslo zoye qilma. Agar shunday qilsang, senda hammasi amalga oshadi va yaxshi bo‘ladi. O‘zing bilan mashg‘ul bo‘lib qolishdan, sen haqingda aytiladigan so‘zlarga e’tibor berib o‘tirishdan saqlangin. Allohning roziligini rioya qilgin. Ilmga xizmat va talabalarga xizmat Allohning Yuzi, roziligi uchun bo‘lsin. Bular mening senga vasiyatlarimdir».

Doktor Muhammad Muhammad Abu Muso.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan