Korrupsiyaga qarshi kurashishda hamjihatlik zarur

Korrupsiya

Oliy taʼlimni korruptsiyasiz sohaga aylantirishda Toshkent tibbiyot akademiyasida samarali ishlar olib borilmoqda. Korruptsiyani oldini olish va korruptsiya holatlariga yoʼl qoʼymaslik maqsadida Аkademiya rektorining

«Toshkent tibbiyot akademiyasining Xarid komissiyasini tashkil etish toʼgʼrisida»gi buyrugʼi qabul qilingan boʼlib,

Mazkur buyruq bilan

«Toshkent tibbiyot akademiyasining eng yaxshi takliflarni tanlash boʼyicha xarid komissiyasi» hamda «Toshkent tibbiyot akademiyasining Tender oʼtkazish boʼyicha xarid komissiyasi» tarkibi ham tasdiqlangan.

Korrupsiy

Xodimlarni ishga olish, ularni lavozimga qoʼyish va lavozimdan ozod etish, ishga olish jarayonlarida tanish-bilishchilik, korruptsion holatlarni oldini olish maqsadida “Ishga olish komissiyasi” tashkil qilingan.

Xususan, Magistratura va Klinik ordinatura taʼlim yoʼnalishlariga qabul imtixonlarida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Qabul komissiyasi tashkil etilib, imtihonlar jarayonida mahsus ishchi yeomissiyasi tomonidan v shaffoflikni taʼminlash maqsadida ovozli videokuzatuv kameralari oʼrnatilgan. Bu esa talabalarning imtihon topshirish jarayonida tashqi kuzatuvchilarga onlay nazorat qilish imkonini beradi.

Korrupsiya

Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’lim jarayonida korrupsiya bilan bog`liq holatlarga qarshi kurashish va oldini olish maqsadida o`quv jarayoni bilan bog`liq xujjatlarni elektronlashtirish, ya`ni HEMIS dasturida yuritish amliyotga tadbiq etilgan. Talabalar bilimini ob`ektiv va holis baholash maqsadida inson faktori ishtirok etadigan nazorat turlarini test ko`rinishida o`tkazish, klinik fanlardan imtihonlarni OSCE shaklida zamonaviy simulatorlardan foydalangan holatda olib borishda yuzma-yuz (face to face) emas balkim masofadan (ekran ortidan) nazorat qilish tartibi joriy etilgan, Ta’lim jarayoniga mustaqil ta`limni kengroq joriy qilish va talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli muhimi foydali o`tkazishda bu kabi zamonaviy ta`lim texnologiyalarning (blended learning) ahamiyati katta.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan