Toshkent tibbiyot akademiyasiga kitoblar sovg’a qilindi

Kitob

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlikni, kitob targ’ibotini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar har jabhada ko’zga tashlanadi.  Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi 7 ta Talabalar turar joylariga umumiy 700 dona kitoblar sovg’a qilindi. Kitoblar har bir TTJga 100 donadan berildi. Jamlanmada turli-tuman badiiy, tarixiy, ilmiy, siyosiy kitoblar mavjud.   Kitoblar talaba-yoshlarning TTJlarda bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishiga, kitobxonlarni muhokomalarga chorlashiga sababchi bo’ladi. Kitoblar uchun Yoshlar ishlari agentligiga o’z tashakkurimizni izhor etamiz.

Kitob hamisha ilm-ma’rifat, ma’naviyat ziyosi, tafakkurlar sarchashmasidir. Kitob ulashish, sovg’a qilish  eng yaxshi qadriyatlardan biridir.

Kitob

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan