Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan e’tibor, Vatan taraqqiyotiga bo‘lgan e’tibordir

Prezident murojaatnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini butun xalqimiz singari oliy ta’lim tizimi xodimlari ham katta qiziqish bilan qarshi oldi. Unda uzluksiz ta’lim turlarining hamma bosqichlariga oid ustuvor vazifalar aniq qilib belgilab berilgan.

Ma’lumki, Oliy ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning  eng asosiy  bo‘g‘ini sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega.  O‘tgan yillar mobaynida bu sohaga hurmatli Prezidentimiz  tomonidan  katta e’tibor qaratilib, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalariga oid ko‘plab  me’yoriy hujjatlar  qabul qilinmoqda.  Qabul qilingan hujjatlarda maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarga oid  islohotlar o‘z aksini topgan. Mazkur sa’ay-harakatlar zamirida yoshlarimizga ta’lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, komil inson kamoloti bilan bog‘liq eng oliy maqsadlar majmuasi yotadi.

Ushbu maqsadlar natijasi va amaliy ahamiyati o‘laroq  joriy yilning

22 dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari va Olmazor tumani hokimi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.K.Shadmanov, Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi A.Sh.Umarxonov, “Yoshlik”  talabalar shaharchasi hokimi Sh.R.Nabiev va Olmazor tumani hokimiyati mas’ullari ishtirok etishdi. O‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan mazkur uchrashuvda TTA rahbariyati va Olmazor tumani hokimiyati o‘rtasida 2023 yil uchun qo‘shma dastur qabul qilish, dastur ijrosi yuzasidan o‘zaro faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talaba-yoshlar ma’naviy kamoloti, mukammal ta’lim olishi, zamonaviy yashash sharoitlari va sog‘lom turmush tarziga oid qator kelishuvlarga erishildi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Murojaatnomada purma’no bir gapni ta’kidladilar: “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”

Darhaqiqat,  Prezidentimiz e’tirof etganlaridek, ilm-ma’rifatsiz taraqqiyot bo‘lmaydi. Shunday ekan, mazkur o‘zaro hamkorlik albatta o‘z ijobiy samarasini berishi shubhasiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan