Toshkent tibbiyot akademiyasi 2023-2024-o‘quv yili uchun ZULFIYA nomidagi maxsus stipendiyasi tanlovini e’lon qilinadi

Zulfia ko'krak nishoni

QADRLI TALABALAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda Adiblar hiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-sonli qarori hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy Kengashi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorining 2021-yil 18-dekabrdagi 547-sonli buyrug‘i asosida Zulfiya nomidagi maxsus stipendiyasi ta’sis etilgan bo‘lib har bir fakultet talabalari uchun 1 ta stipendiya belgilangan. 2023-2024-o‘quv yili Zulfiya nomidagi maxsus stipendiyasi tanlovi uchun xujjatlarni joriy yilning 15-fevral kuniga qadar fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha muovinlariga topshirishingiz so‘raladi. Tanlov haqida batafsil ma’lumotlarni quyidagi ilova orqali olishingiz ASOSIY_F_547_18_12_2021_Zulfia_ko’krak_nishoni mumkin.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan