TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TALABALARI O‘RTASIDA «KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ» MAVZUSIDA  INSHOLAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Korrupsiyaga qarshi kurashamiz

«9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6-dekabrdagi 4/18-4/1-7161-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o’rtasida «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda akademiyaning barcha fakultetlaridan 100 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar. O‘tkazilgan tanlovada ishtirok etgan barcha talabalar faol tarzda qatnashib, o‘z fikr-muloxazalarini insho ko‘rinisida bayon etishdi. Tanlovda eng yahshi 4 ta talaba tomonidan yozilgan insholar professor-o‘qituvchilar, mutaxassislardan iborat ha’yat tomonidan tanlab olindi.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin – 2-son davolash fakulteti 125-guruh talabasi Sadullayeva Umida;

2-o‘rin – 2-son davolash fakulteti 124-guruh talabasi Norbekova Maxliyo;

3-o‘rin – 2-son davolash fakulteti 125-guruh talabasi Abdunazarov Nurmuhammad loyiq deb topildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashamiz Korrupsiyaga qarshi kurashamiz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan