Universida-2023

Universiada

Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Intellektual o‘yinlar klubi hamkorligida «Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Universiada» sport musobaqalarining respublika final bosqichlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida»gi yig‘ilishi 167 – son bayonida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 31-yanvar kuni akademiya talabalari o‘rtasida saralash o‘yinlari o‘tkazildi. Olimpik tezkor tizimda o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘g‘il bolalar bahsida Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti 1-bosqich talabasi Rahimov Ulug‘bek g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qiz bolalar bahsida 2-son davolash fakulteti 3-bosqich talabasi Karimqulova Mahzunaga teng keladigan raqib topilmadi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarimiz 3-fevral kuni «Universida-2023» o‘yinlarining Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadilar.

Universiada Universiada

Universiada Universiada

Universiada

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan