DIQQAT!!! «ZULFIYAXONIM» TANLOVLARIGA START BERILMOQDA

Zulfiya Isroilova

 IJODKOR TALABALAR, SIZGA OʻZ IJODIY QOBILIYATINGIZNI SINAB KOʻRISH UCHUN YANA BIR IMKONIYAT Bahorning ilk kuni mamlakatimizda shoira Zulfiyaxonim tavalludini nishonlash bilan boshlanadi. Oʻz ijodi va mashaqqatli hayot yoʻli, oqila hamda oliyjanobligi bilan oʻzbek ayollarining yorqin timsoliga aylangan Zulfiya Isroilova tavalludining 108-yilligi munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavriat va magistratura talabalari oʻrtasida 6-20-fevralga qadar tanlovlar oʻtkazilmoqda.

Tanlov yoʻnalishlari:

  • «Zulfiyaxonim portreti» -Moʻyqalam, biser, kashtachilik yoʻnalishida tanlov
  • «Zulfiyaxonim asarlariga chizgilar» badiiy va publitsistik maqolalar tanlovi;
  • «Zulfiyaxonim hayoti va ijodi» haqida teatr spektakllari tanlovi;
  • «Zulfiyaxonim asarlari» boʻyicha sherlar tanlovi;
  • Zulfiyaxonim hayotiga bagʻishlangan videoroliklar tanlovi.

Tanlov boʻyicha tayyorlangan ijodiy ishlarni joriy yilning 20-fevral kuniga qadar yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlariga topshirishingiz mumkin. Har bir yoʻnanish boʻyicha tanlov gʻoliblariga Zulfiyaxonim tavallud kuni arafasida Toshkent tibbiyot akademiyasining pul mukofotlari hamda sertifikatlari taqdim etiladi.

2 Replies to “DIQQAT!!! «ZULFIYAXONIM» TANLOVLARIGA START BERILMOQDA”

    1. Tanlov boʻyicha tayyorlangan ijodiy ishlarni joriy yilning 20-fevral kuniga qadar yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlariga topshirishingiz mumkin edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan