Intelektual olimpiada g’oliblariga prezident sovg’asi topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Prezident sovg'asi

14-fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi faollar zalida intelektual olimpiada g‘oliblariga prezident sovg’asi topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Turdiqul Akramovich Bobomurodov ochib berdi. Birinchi prorektor o‘z so‘zida olimpiada davomida talabalarning bir maqsad yo‘lida birlashganlgi g‘alaba uchun harakatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa olimpiada g‘oliblariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi fikrlari talabalarni olimpiadada ishtirok etish istagini uyg‘otdi. Akademiya ma’muriyatiga prezident sovg‘asini topshirish va g‘oliblarni tabriklash uchun keyingi so‘z Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Abdullayev Abdurasul Mo‘minovichga berildi. O‘z so‘zi davomida Abdurasul Abdullayev zakovatchilarning ko‘pchiligi tibbiyot hodimlari ekanligini buning sababi ular doimo o‘z ustida ishlab borishini aytib o‘tdi. Akademiya zakovat terma jamoasining keyingi ishlariga omad tiladi. Shundan so‘ng Abdurasul Abdullayev prezident sovg‘asi – 100 ta monoblokni tantanali ravishdatalabalarga topshirdi. Keyin so‘z O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i Sattorov Umidullo Ulyashovichga berildi. Ular talabalarni zakovatiga, intelektini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotgani, ularga alohida rag‘batlar ajratilayotganligi, bu sohada erishilgan yutuqlar talaba va yoshlarning keyingi ishlarida ham albatta ijobiy samara berishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Intellektual olimpiadada ishtirok etib shaxmat bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Sardor Boltayev so‘zga chiqib yaratib berilayotgan shunday imkoniyatlar uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. So‘zi davomida u tadbirga tashrif buyurgan otasiga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Prezident sovg'asi Prezident sovg'asi

Prezident sovg'asi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan