TTA magistraturasiga qishki qabulga o‘qishga tavsiya etilganlar qabul komissiyaga topshiradigan xujjatlari quyidagilar:
- Oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza (kelgan vaqtda yoziladi);
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) va kserokopiyasi – 1 dona;
- Diplom ilovasi asl nusxasi va kserokopiyasi – 1 dona;
- Tibbbiy ma’lumotnoma – Forma 086-U (original);
- 6 dona 3,5 x 4,5 hajmdagi rangli fotosurat (barchasi bir xil bo‘lishi shart);
- Pasport asli va kserokopiyasi;
- Chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL, IELTS, TestDaF) asli va va kserokopiyasi – 1 dona;
- Konvert – 1 dona;
- Skorosshivatel – 1 dona;
- Bittalik selofan fayl (Delfin fayl) – 2 dona.
- Talabalikka tavsiya etilgan Davlat stipendiyantlari guvoxnoma asli va kserokopiyasi – 1 dona.
Xujjatlar 1 martgacha qabul qilinadi.
Kontrakt shartnomasi kontrakt.edu.uz saytidan yuklab olinadi