Toshkent tibbiyot akademiyasida «Navro’z – umumxalq bayrami» munosabati bilan «Talabalik bahori – 2023» festivali bo’lib o’tdi.

Talabalik bahori – 2023

Tadbirni akademiya rektori Alisher Shadmanov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Navroʻz umumxalq bayramining oʻziga xosligi, xalqimiz hayotida tutgan oʻrni haqida soʻz yuritib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.

Undan so’ng, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ustida astoydil va samarali mehnat qilayotgan hamda 2022-2023 o’quv yilining birinchi yarim yilligida o’quv-ilmiy, davolash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar sohasida yuqori natijalarga erishgan professor o’qituvchilar va faollik ko’rsatib kelayotgan xodimlar hamda faxriy ustozlar taqdirlandi.

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

An’anaga aylangan mazkur festival Toshkent shahar yoshlar markazida o’tkazildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko’rinishlari, badiiy, folklor chiqishlari, kuy-qo’shiqlari ijro etildi hamda 9 ta nominatsiya bo’yicha iste’dodli va iqtidorli talaba-yoshlar bellashishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Navro’z umumxalq bayrami”munosabati bilan bo’lib o’tgan “Talabalik bahori – 2023” festivalining ikkinchi qismida talabalar:

✅“Eng yaxshi folklyor jamoa”
✅“Xushovoz estrada xonandasi”
✅“Mumtoz va maqom qo’shiq ijrochisi”
✅“Yakkaxon milliy raqs”,

✅“Yakkaxon zamonaviy raqs”
✅“Ommaviy milliy raqs”
✅“Ommaviy zamonaviy raqs ijrochisi”
✅“Eng yaxshi mahoratli musiqa sozi ijrochisi”
✅“Eng yaxshi boshlovchi suxandon” naminatsiyalarida bellashishdi.

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

Talabalik bahori – 2023 Talabalik bahori – 2023

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan