BERNICA ISTANBUL STUDY TOUR

bernica

2023-yilning 15-16-mart kunlari Olmaota shahrida Erasmus+ doirasida BERNICA loyihasi ishtirokchilarining birinchi oflayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 9 ta oliy tibbiy ta’lim muassasalari: FH JOANNEUM universiteti (Avstriya), S.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti va Qarag‘anda tibbiyot universiteti (Qozog‘iston), Istanbul MEDIPOL universiteti (Turkiya), Toshkent tibbiyot akademiyasi va Buxoro davlat tibbiyot instituti ishtirok etdi. (O‘zbekiston), Xalqaro tibbiyot maktabi va O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston), Tojikiston davlat tibbiyot universiteti va Xatlon davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston) ishtirok etishdi. Anjumanda yuqoridagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari ishtirokchilari-vakillari o‘z ta’lim muassasalari haqida taqdimotlar va videoroliklar taqdim etdilar. R.K.Dadabayeva Toshkent tibbiyot akademiyasi haqida ma’lumotlar taqdim etish bilan bir qatorda BERNICA loyihasini tarqatish va muloqot qilish bo‘yicha batafsil reja O.F.Eshmamatov tomonidan  taqdim etildi. Xalqaro tibbiyot maktabi vakili BERNICA loyihasi koordinatori K.Jusupov tomonidan loyihaning batafsil rejasi, maqsadlari va butun davr uchun vazifalarni bajarish yo‘llarini taqdim etildi. 2 kunlik konferensiya juda konstruktiv va mazmunli o‘tdi.

bernica_Istanbul

bernica_Istanbul bernica_Istanbul

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan