S.U.Aliev ta’lim sifatini takomillashtirishga va kamchiliklarni hal etish borasida davra suxbati olib bordi

Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani S.U.Aliev “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va informatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan o‘quv-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash va kamchiliklarni birgalikda hal etish borasida suhbatlashdi.

2022 yil kafedra attestatsiyasidagi kamchiliklar, 2023 yil uchun o‘quv, ilmiy, konferentsiya rejalarining bajarilishi, o‘quv va amaliyot bazalari, biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi laboratoriya asbob-uskunalari ro‘yxati, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tahlil qilindi.

2023 yil davomida 6 nafar xodimning ilmiy ishlarini tasdiqlash, 4 nafar xodim chet tilini egallaganlik to‘g‘risida sertifikat olish, xorijiy hamkor universitetlarga 2 nafar ilmiy darajali xodimni o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun va 2 nafar yosh pedagoglarni malaka oshirishga yuborish kabi kamchiliklarni xal etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.

2023 yil yanvar oyi TTA kengashida tasdiqlangan professor-o‘qituvchilarni bir martalik va davomiy rag‘batlantirish mezonlari, kafedrani raqamlashtirish, ya’ni Edoc.ssv.uz va JIHOZMED tizimlari orqali ishlash, xar bir xodim kesimida TTAning 5 ta ilmiy jurnalida maqolalar chop etish va repozitoriyga qo‘yish orqali Xirsh indeksini ko‘tarish, iqtibos ko‘rsatkichini oshirish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, xorijiy tillarni o‘rganish tushuntirildi.

Shuningdek, kafedrada o‘tilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar davomati, o‘zlashtirishi tekshirildi va ularga TTAda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan nomli stipendiyalar, nominatsiyalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, fan olimpiadalari va anjumanlar haqida ma’lumot berildi.

KAFEDRAGA DEKAN TASHRIFI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

2022 yil kafedra attestatsiyasidagi kamchiliklar

2023 yil uchun o‘quv, ilmiy, konferentsiya rejalarining bajarilishi

O‘quv va amaliyot bazalari, O‘zbekistonga tibbiyot qurilmalari olib kiruvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniyalarbilan hamkorlik, biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi laboratoriya asbob-uskunalari ro‘yxati

Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari

TAHLIL QILINDI.

2023 yil yanvar oyi Ilmiy kengashida tasdiqlangan PO‘ bir martalik va davomiy rag‘batlantirish mezonlari

Raqamlashtirish, ya’ni Edoc.ssv.uz va JIHOZMED tizimlari orqali ishlash

Kafedra xar bir xodimi kesimida TTA 5 ta ilmiy jurnalda chop etish va repozitoriyga qo‘yish orqali Xirsh indeksini ko‘tarish, tsitiruemost ko‘rsatkichini oshirish

O‘quv adabiyotlarini yaratish, xorijiy til o‘rganish, KPI tizimi

TUSHUNTIRILDI

ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR VA ULARNI XAL ETISH YO‘LLARI

2023 yil davomida

6 nafar xodimning ilmiy ishlarini aprel-may oylarida o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash

4 nafar xodim chet tilini egallaganlik to‘g‘risida sertifikat (TESOL, CEFR) olishda xalqaro sertifikat olishga (IELTS, TOEFL) e’tibor berish

xorijiy hamkor universitetlarga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya)

2 nafar ilmiy darajali xodimni o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun va

2 nafar yosh pedagoglarni malaka oshirishga yuborish

kabi KAMCHILIKLARNI XAL ETISH YO‘LLARI KO‘RSATIB O‘TILDI.

TAKLIF

  • 3D printer yordamida Anatomiya, OXTA, Stomatologiya kabi fundamental fanlar uchun o‘quv mulyajlarni yaratish
  • TTA klinikasi, Onkologiya va Urologiya RIIATMda ishdan chiqqan asbob-uskunalarni tuzatish ustaxonasini tashkil etish
  • Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi talabalar loyihalari va startaplari doirasida “Yangi asbob-uskunalarni yaratish va takomillashtirish” bitiruv malakaviy ishlarini yo‘lga qo‘yish
  • Yangi magistratura tashkil etish, amaliy maktab yaratish, mutaxassislik kafedrasiga aylanish uchun kafedra tarkibini optimallashtirish bo‘yicha asosnoma ishlab chiqish
  • 2023/2024 o‘quv yilida TTA va Toshkent davlat texnika universiteti Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi mutaxassislik kafedralari professorlari bilan o‘qituvchilar akademik mobilligini ta’minlash
  • ERASMUS+ loyihasi bo‘yicha “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishgi o‘quv rejasi xalqaro talablar asosida ishlab chiqiladi.

Biotibbiyot muhandislari assotsiatsiyasi, Jo‘rabek, Magnum med servis, PET markazi, Urologiya va Xirurgiya RIIATM kabi 10 ta tashkilotlar bilan malakaviy amaliyot o‘tish bo‘yicha shartnomalar imzolanadi.

3 ta xodim PhD himoyasi orqali kafedra salohiyati 20 foizdan (2022 y.) 35 foizga (2023 y.) ko‘tariladi.

5 nafar xodim (I.Zufarov, N.Abdullaeva, N.Kuchkarova, M.Ibragimova, B.Abdukadirova) til bo‘yicha sertifikat oladi.

FOTOLAVXALAR:

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan